date
views 2 655

Toshkentda 1,2 mlrd. so‘mlik salkam 148 tonna olmaning noqonuniy importi fosh qilindi

Toshkentda 1,2 mlrd. so‘mlik salkam 148 tonna olmaning noqonuniy importi fosh qilindi
Odatda xorijdan keltirilgan mevalarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligiga ko‘p ham qiziqavermaymiz. Aslida esa bu juda ham muhim.

Chunki, respublikamizga xorijdan keltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxonada rasmiylashtirish uchun sanitariya-epediomologik xulosa, karantin ruxsatnomasi talab etiladi va karantin ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Aks holda chetdan keltirilgan va tegishli ko‘rikdan o‘tkazilmagan qishloq ho‘jaligi mahsulotlari nafaqat respublikamizning o‘simliklar olamiga, balki yurtdoshlarimiz salomatligiga ham ziyon yetkazishi mumkin.

Yaqinda respublikamizga qo‘shni davlatdan import qilingan salkam 148 tonna olmalarni “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida navbatdagi bojxona qonunchiligi buzilishi holati fosh qilindi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan mazkur holatda ushbu olmalarning eksport bojxona deklaratsiyasi mavjud emasligi, tovarning kelib chiqish sertifikati shubhali ekanligi aniqlandi.

Ushbu holatda qo‘shni davlatdan keltirilgan olmalar aslida o‘sha mamlakatda emas, balki Eronda yetishtirilganligi aniqlandi.
Muqaddam yurtimizdan tranzit tarzida chegaradosh davlatga olib o‘tilgan ushbu mevalarni so‘ngra go‘yoki qo‘shni mamlakatning tovari sifatida qayta olib kirish rejalashtirilgan.

Bu orqali yuk egalari bojxona to‘lovlaridan 657 mln. so‘mlik imtiyozlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishgan.
Mazkur holatda noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishda to‘xtatib qolingan olmalarning umumiy qiymati 1 mlrd. 249 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 1,2 mlrd. so‘mlik salkam 148 tonna olmaning noqonuniy importi fosh qilindi