Joriy yilning 22 fevral kuni tungi soat 02:35 da Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-mavzeda joylashgan dorixonadan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan.
Tashvish xabariga ko‘ra Chilonzor tumani bo‘yicha tezkor guruh xodimlari voqea joyiga yetib borishgan. Dorixona oldida janjallashayotgan nomalum shaxslar xodimlarni ko‘rib qochishgan, ammo ulardan biri voqea joyida qo‘lga olingan.
Dorixonada jarohat olgan fuqarolarga tez tibbiy yordam chaqirtirilib, ularga yordam ko‘rsatilgan hamda qo‘lga olingan gumonlanuvchi tuman IIO FMB ga topshirilgan. Ko‘p vaqt o‘tmay qolgan 3 nafar tartibbuzar ham Chilonzor tumani IIB FMB xodimlari tomonidan ushlab kelingan.
Aniqlanishicha, shu kuni tungi soat 02:20 larda 4 nafar noma’lum shaxs dorixonaga kirib kelgan va sotuvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjallashish oqibatida noma’lum shaxslardan biri o‘tkir tig‘li jism bilan dorixona sotuvchisi fuqaro N. A. tanasining turli qismlariga 7 marotaba, shuningdek, dorixona ichkarisida (sotuvchining qarindoshlari) bo‘lgan fuqaro M.Sh. va N.A.larga turli ko‘rinishdagi tan jarohati yetkazishgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida qo‘lga olingan noma’lum shaxslar Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1982 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz S.R, 1983 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz P. Sh., 1988 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz M. A., 1984 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan A. A.lar ekanligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)