DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev
DXX sobiq raisiga tayinlangan jazoga yana bir yil, uning sobiq birinchi o‘rinbosariga esa 3 yil qo‘shildi.
Bugun sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan sud hukmi e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
Xabarda DXX sobiq raisi I.Abdullayev va uning o‘rinbosari J.Igamovlarga nisbatan ham jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetgani va sud hukmi e’lon qilingani aytiladi.
Sud majlisi yakuniga ko‘ra, «Abdullayev ishi» figurantlariga nisbatan avval tayinlangan jazolarga sezilarli darajada muddat qo‘shilgani anglashiladi. Negaki, Harbiy sudning 2019 yil 27 sentabr kunigi hukmi bilan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yil muddatga, uning sobiq birinchi o‘rinbosari Jahongir Igamov 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Demak, bugun yakunlangan sud yakuniga ko‘ra, I.Abdullayev nisbatan avval tayinlangan jazoga yana bir yil, J.Igamovga esa 3 yil qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi