O‘zbekistonda 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi. Mamlakatning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari uchun o‘rnatilgan to‘lov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritiladi. Bu haqda Markaziy bank xabar beradi.
To‘lov tizimlariga bepul xizmat ko‘rsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi, shuningdek, to‘lov xizmatlari va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishni, yangi to‘lov mahsulotlariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirmaydi.
Markaziy bankning ta’kidlashicha, bu tadbir bir tomondan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish uchun xarajatlarni qisman qoplashga, boshqa tomondan bank kartalari yordamida to‘lovlarni muntazam amalga oshiruvchi mijozlarga turli bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni (keshbeklar) taklif qilishga imkoniyat yaratadi, pirovard natijada esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni ko‘payishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi