22:30 / 01.03.2020
5 770

Toshkentda transport universiteti tashkil etiladi

Toshkentda transport universiteti tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokasi portal regulation.go portaliga “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etiladi.

Universitet Toshkent shaxar Adilxodjayev ko‘chasi 1 uyda joylashtiriladi.
Universitet rektorining birinchi o‘rinbosari yuqori malakali xorijiy mutaxassis bo‘ladi.

Universitet faoliyati quyidagi manbalardan imzolanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
- o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar;
- xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;
- xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda transport universiteti tashkil etiladi