
Fuqarolik ishlar bo‘yicha Guliston tumanlararo sudning 13.08.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor S.Nazarovdan undiruvchi
N.Nazarov foydasiga 57 mln. 601 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan edi.
Byuroning Boyovut tuman davlat ijrochilari tomonidan ushbu ijro hujjatiga asosan olib borilgan ijro harakatlari davomida, joriy yilning 25 fevral kuni qarzdor S.Nazarovdan bir ish kunida undiruvchi N.Nazarova foydasiga 57 mln. 601 ming so‘m mablag‘lar to‘liq undirilib berilgan va ijro ishi amalda to‘liq undirilganligi sababli tamomlandi, deya ma’lum qildi MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar