4 260
Namanganlik yigit bitta telefon uchun tengdoshini o‘ldirib, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi
Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan D.Ibragimov tengdoshini qasddan o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan X.Solijonov tanishi D.Ibragimovga muqaddam sotgan uyali telefon apparati pullarini olish uchun uning oldiga borib qaytib kelmagan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida D.Ibragimov Chust tumani “Sadacha” mahallasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish sexida X.Solijonov bilan o‘zaro janjallashib, oldida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan uning yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgani aniqlangan.
Shundan so‘ng D.Ibragimov tengdoshini shu yerdagi maishiy chiqindilar orasiga ko‘mib yuborgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha D.Ibragimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi