2020 yil 1 martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun https://consulate.mfa.uz veb-portali orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin.
Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi.
Bundan tashqari, 1-martdan boshlab https://consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi