Kecha, 3 mart kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning topshirig‘i bilan viloyat hokimligi Odob axloq komissiyasi raisi Oliy Majlis senati a’zosi A. Erkayev va komissiya a’zolari Mirishkor tumani hokimligi faollar zalida mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, «Nasafnews» yozdi.
So‘zga chiqqanlar o‘sha vaqtdagi ikki tomonning ruhiy holati, raislarning o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi, hokimning noo‘rin qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida turli mulohazalar bildirishgan.
Tuman hokimining ishtirokisiz o‘tgan muhokama jarayoni yakunlangach komissiya raisi A. Erkayev zalga tuman hokimi B. Rajapovni taklif etdi. B. Rajapov bo‘lib o‘tgan noqulay holat va qo‘polliklar uchun mahalla raislaridan uzr so‘rab, o‘sha paytdagi og‘ir ruhiy holatiga izoh bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so‘kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi.
Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, so‘kong‘ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiyev ham o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbayev tomonidan ham keskin tanqid qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”