
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 mart kunidan boshlab ta’til e’lon qilinishi haqida ma’lumot tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi tarqatilgan ma’lumot noto‘g‘riligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilar o‘tgan yillarda bo‘lganidek 21 mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til yetti kun davom etadi.
«Ta’kidlash lozimki, Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada.
Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.
Xalq ta’limi vazirligi zaruriyat tug‘ilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etib, 4 martdan aholini ushbu yuqumli kasallikdan himoyalanishga undovchi SMS xabarlar yubora boshladi.
Maktab Ta’tiliKoronavirus VaziyatXalq Ta’limiSog‘liqni SaqlashO‘zbekiston Sog‘liqTa’kidlash Lozimki O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar