
Germaniya kinoteatrlarida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlarga ko‘ra chekuvchilar chekmay turgan paytlarida ham atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazaverishlari ma’lum bo‘ldi.
Der Standard nashrining yozishicha, Germaniya kinoteatrlarida 15 yildan beri chekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo bu taqiq ortidan atrof muhitga yetadigan zarar yo‘qolib ketmagan. Hatto uzluksiz ishlatiladigan yirik ventilyatsiya tizimlari ham muammoni to‘liq bartaraf eta olmagan.
Gap shundaki, chekuvchilarning kiyimlari va liboslariga singib qolgan toksik moddalar tarqalishda davom etgan va atrof-muhitga zarar yetavergan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, chekuvi yashagan uydagi zararli moddalar hatto ikki oy o‘tgandan keyin ham butunlay yo‘qolib ketmagan.
Olimlarning fikricha, kiyimlarga singib qolgan toksik moddalarning kinoteatr kabi yopiq binolarda dimlanib qolishi boshqalarga bir seans davomida o‘ntagacha sigaret tutuni orasida qolishdek ta’sir qilishi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar