Avval xabar qilganimizdek, “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
- jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
- tarbiya koloniyalari;
- turmalar;
- mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma’muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan 2020–2024 yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etish koloniyasining jami 60 ta yashash yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘zgartirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.
Eslatib o‘tamiz, shuningdek, 2020 yilda 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy video registratorlar o‘rnatiladi va Probatsiya xizmati amaliyotiga 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi