Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7 mart kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, «Chiroqchi voqeasi» bo‘yicha yana 6 nafar IIB xodimi ishdan olinganini ma’lum qildi. Bu haqda IIB axborot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupov, tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Norbek Qobilov, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Nodir Ismatov, tergov bo‘yicha o‘rinbosar Dilshod Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yunus Mengnorov va 4-sonli IIB katta profilaktika inspektori Sherzod Rahmonov esa endi ular ichki ishlar tizimida faoliyat yuritmasligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak 2020 yil 23 yanvar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi