2 690
DXX katta miqdordagi xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi
Foto: DXX matbuot xizmati
DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Sirdaryo tumanidagi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik-avto» chegara nazorat o‘tish punkti orqali O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasi tomon harakatlanayotgan muqaddam sudlangan Q.Abdurasulov boshqaruvidagi «Mercedes benz» rusumli avtomashina bojxona xodimlari ko‘rigidan o‘tib, chegaraning neytral hududiga yetgan vaqtida, to‘xtatib tekshirildi.
Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida xufyona usulda yashirilgan 1.136.000 AQSH dollari, 77.830 yevro va 21.018.670 rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi ekvivalenti 14 mlrd. 753 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi