10:36 / 13.03.2020
8 671

"Shirin yolg‘on" tafsilotlari yoxud erli juvonning o‘zga yigit bilan ishqiy munosabatlari fosh bo‘ldi

"Shirin yolg‘on" tafsilotlari yoxud erli juvonning o‘zga yigit bilan ishqiy munosabatlari fosh bo‘ldi
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida oilali ayol bilan tanishib, ishqiy munosabatga kirishib, uni eridan ajratmoqchi bo‘lib, so‘kkan shasxga sud jarima jazosi tayinladi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, fuqaro Xakimova Zarifa (o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i R.V. bilan birga 2004 yilda turmush qurib, birga yashab ikki nafar farzandini voyaga yetkazib keladi. Ayol 2017 yilda telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Quva tumani Katta Dehqonobod qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Jasurov Jasur (o‘zgartirilgan) bilan tanishib qoladi va bir necha yil u bilan do‘stona gaplashib yuradi. Ushbu munosabat keyinchalik ishqiy munosabatga aylanadi. Shundan so‘ng jabrlanuvchi Xakimova Zarifa huquqbuzar Jasurov Jasur bilan o‘zaro aloqalarni to‘xtatishini, eri undan shubhalanib qolayotganligini, ishqiy munosabatini to‘xtatmasa oilasiga darz ketishi mukinligini aytib, gaplashmaslikka kelishadi.

Axir orada ikki nafar voyaga yetmagan farzandlar bor edida. Biroq, huquqbuzar Jasurov Jasur telegram ijtimoiy tarmog‘ida tanishgan tanishini yo‘qotishni istamaydi. Chunki, jabrlanuvchi Xakimova Zarifaning o‘ziga yarasha kasbi bo‘lib, u yaxshigina pul topib tirikchilik qilar, jazmani bilan ko‘rishganida uncha-muncha “rasxodlar”ini ko‘tarib turar edi.

Ayolni yo‘qotishni istamagan Jasurov Jasur jabrlanuvchi Xakimova Zarifaga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘ta uyatli so‘zlar bilan sms xabarlar yuborishni boshlaydi. Kunlardan birida to‘xtovsiz kelayotgan xabarlarni ayolning eri o‘qib qoladi va xotiniga o‘sha telegramda tanishgan "tanishi"ga qo‘ng‘iroq qilishni talab qiladi. Ilojsiz qolgan jabrlanuvchi Xakimova Zarifa qo‘ng‘iroq qilganida barcha munosabatlar oydinlashadi.

Shundan so‘ng ham Xakimova Zarifaning turmush o‘rtog‘i Xakimov Ravshan (o‘zgartirilgan) davlat idorasida ishlayotganligi va o‘rtalarida ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, o‘z ayolini kechiradi.

Biroq huquqbuzar Jasurov Jasur shundan so‘ng ham huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirib, ayolga va uning turmush o‘rtog‘iga telefon qilib, ayoli haqida uyatli so‘zlar gapirib, oilani ajratmoqchi bo‘ladi. Shundan so‘ng jabrlanuvchi Xakimova Zarifa IIBga murojaat qiladi va huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Sudda ish bo‘yicha jabrlanuvchi Xakimova Zarifa, bilib-bilmay telegramda Jasur ismli yigit bilan tanishib qolganligini, dastlab o‘zaro munosabatlar samimiy va do‘stona bo‘lganligini, keyinchalik esa munosabatlar qalinlashib borayotganligini va shundan so‘ng eri va ikki nafar farzandi ko‘z oldiga kelib, telegramda tanishgan yigit bilan aloqani uzmoqchi bo‘lganligini, biroq Jasur bunga rozi bo‘lmaganligini, unga tungi vaqtlarda tinimsiz "videovizov" qilib gaplashishni talab qilganligini, u gaplashmasa oilasidan ajratmoqchi bo‘lib o‘zi uylanishini aytib, o‘ta uyatli so‘zlar bilan so‘kib, sms xabarlar jo‘natganligini, eri yuvoshligidan foydalanib, unga ham telefon qilib, ayoli haqida be’mani gaplar gapirganligini, uni tinchini buzib kelayotganligini, bunga o‘zi sababchiligini, o‘zi xato qilganligini aytib, huquqbuzarligini to‘htatmagan Jasurga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Huquqbuzar Jasurov Jasur sudda haqiqatdan ham Z.Xakimova bilan telegramda tanishib qolib, oilali ayolni sevib qolganligini, qilgan ishlari noto‘g‘riligini, bir oilani ajratib yubormoqchi bo‘lganligini, kecha-yu kunduz "videovizov" qilib, ayolga haqoratli sms xabarlar yuborganligini, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini aytib ko‘rsatma berdi.

Mazkur ish Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzar Jasurov Jasurga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida, ya’ni 5 575 000 so‘m jarima jazosi tayinladi.

Quva tuman ma’muriy sudining raisi
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Shirin yolg‘on" tafsilotlari yoxud erli juvonning o‘zga yigit bilan ishqiy munosabatlari fosh bo‘ldi