Foto: Uzbekistan Airways
Aniqlashtirilgan ma’lumotga ko‘ra, Covid-19 koronavirusi qayd etilgan bemor — ayol kishi. Bemor Parijdan Toshkentga qaytgandan keyin u bilan aloqada bo‘lgan barcha oila a’zolari tibbiy nazorat ostiga olingan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berib o‘tdi.
«Daryo» tomonidan o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilinishicha, bemor ayol Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan.
Manba ayolning aynan qachon O‘zbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so‘nggi ikki reysni 10 va 13 mart kunlari amalga oshirgan.
Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. «Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda», — dedi manba.
Bugun, soat 13.00da koronavirus aniqlangani va unga qarshi olib borilayotgan tibbiy chora-tadbirlar haqida hukumat tomonidan bayonot berilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”