3 410
Ravshan Ermatov: Superliga o‘yinlari taqdiri bo‘yicha 16 mart kuni qaror qabul qilinadi
Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilishi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Bu haqda 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Tribuna.uz muxbiri O‘zbekiston Superligasi, Pro-liga va boshqa futbol turnirlari qachondan to‘xtatilishi borasidaga savollar bilan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga murojaat etdi.
«Ushbu masala yuzasidan 16 mart kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish o‘tkazamiz. Bugun, 15 mart kuni Superliga doirasida Andijon va Toshkentda o‘tkaziladigan 3-turning yakuniy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Chempionatning keyingi turlari masalasida dushanba kungi yig‘ilishimizda hukumatimiz tomonidan topshirilgan buyruqqa asosan bir qarorga kelinadi», - deya fikr bildirdi Ravshan Ermatov.
Ma’lmuot uchun, o‘tgan hafta davomida koronavirus sababli Yevropada aksariyat futbol turnirlari, milliy chempionatlar to‘xtatilgandi. O‘zbekistonda ham 15 mart kuni koronavirusning ilk holati aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi