18:37 / 15.03.2020
2 858

Bozorlar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi

Bozorlar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi
Foto: LiveJournal
«Koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlari doirasida shahar bozorlari yopilmaydi. Ularning ish tartibi o‘zgarishsiz qoldiriladi», – deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq O‘zbekiston hukumati oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlanganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘riladi.

«Dori vositalari narxi oshishi mumkin. Bozorlarda, do‘konlarda ham narx oshib ketishi mumkin. Lekin bunga qarshi jiddiy kurashiladi», – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident topshirig‘i bilan Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qo‘mitasi buni juda qattiq nazorat qiladi.

«Narx-navo bo‘yicha hamma qattiq ogohlantirilmoqda, o‘yin qilmoqchi bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu xalq boshiga tushgan sinov. Bu vaziyatdan birgalikda chiqib ketishimiz mumkin», dedi hukumat rahbari jurnalistlar bilan uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi