O‘zbekistonda tibbiyot muassasalaridan tashqari sanatoriylar ham karantinga moslashtiriladi.
Bu haqda O‘zbekistonda koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan 15 mart kuni Bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Yana qaytarib aytaman, vahimaga o‘rin yo‘q. Bu ishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilingan. Butun respublikadagi barcha infeksion kasalxonalar maxsus tayyorlangan va zaxiralarga ega.
Bir nechta qo‘shimcha sog‘liqni saqlash muassasalaridan tashqari, sanatoriya tashkilotlarni maxsus sharoitini yaxshilangan holda ularda bu infeksiyaga qarshi kurashish tadbirlarini mo‘ljallab qo‘yganmiz.
Bizda respublika bo‘yicha 500 mingdan ortiq meditsina xodimlari bor. Yetarli tizim bor. Olimlarimiz, mutaxasislarimiz eng ko‘p bo‘lgan yo‘nalish ham bu – meditsina sohasi», dedi Aripov.
Hukumat chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kirishini taqiqladi. Xorijdan charter reyslarda O‘zbekistonga olib kelinadigan vatandoshlar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarga joylashtiriladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning so‘zlariga ko‘ra, 16 martga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan charter reys bilan 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelinadi. Ular Toshkent viloyatidagi «Energetik», «Bo‘ston» va «Chotqol» sanatoriylariga karantinga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?