18:58 / 17.03.2020
2 775

Qashqadaryolik ko‘ngilli haydovchilar talabalarni bepul yetkazish uchun hamkorlikka chaqirildi

Qashqadaryolik ko‘ngilli haydovchilar talabalarni bepul yetkazish uchun hamkorlikka chaqirildi
Foto: Getty Images
Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi viloyatlik talabalarni uylariga bepul yetkazish tashabbusi amalga oshirilayotganini e’lon qilgan edi. Ayni paytda boshqarma bunga yordam berish istagida bo‘lgan ko‘ngilli talabgorlardan yordam so‘ramoqda.

Qashqadaryoga qaytish istagida bo‘lgan talabalarga 18 mart soat 10:00 ga qadar aloqaga chiqishlari aytilgan va ularni qaytarish tadbirlariga 5 ta avtobus, 2 ta mikroavtobus va 50 ga yaqin yengil avtomobil ajratilgan.

Xabar berilishicha, mazkur yangilik ommaga e’lon qilingach, ko‘plab qashqadaryolik talabalardan murojaatlar kelib tushmoqda.
Bundan tashqari, qashqadaryolik ayrim tashuvchilar ham mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish taklifi bilan chiqishgan.

Biroq murojaatlar ko‘pligi tufayli mavjud transport vositalari qashqadaryolik talabalarni olib qaytishi uchun yetmay qolishi mumkin, degan xavotir ham bor.

Shuni inobatga olib, shaxsiy avtomobiliga ega, savob talabidagi qashqadaryoliklardan (ayni paytda Toshkent shahrida bo‘lib turgan bo‘lsa, ayni muddao) mazkur tashabbusni amalga oshirishda hamkorlik so‘raladi.

Buning uchun: +998973507788; +998973127979; +998916350818 telefon raqamlari orqali tashabbuskorlar bilan bog‘lanish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha farg‘onalik haydovchi talabalarni bepul uylariga yetkazib qo‘yish taklifi bilan chiqqan edi.

Bundan tashqari, Bag‘dod tumani «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan ham Toshkentda qolib ketgan va Farg‘onaga kelmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatish aksiyasini davom ettirmoqda. Mazkur xayriya mashinalari Qo‘yliq «pitak»idan yo‘lovchilarni olib ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik ko‘ngilli haydovchilar talabalarni bepul yetkazish uchun hamkorlikka chaqirildi