
Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, sog‘ayib ketgan kishilarda bu kasallikka qayta chalinish holati hali kuzatilmadi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovga asoslanib, Kun.uz nashri xabar berdi.
«Lekin undan tuzalgan kishining o‘pkasida kasallik asorati baribir qoladi.
Ya’ni, pnevmoniya bo‘lgan kishining o‘pkasida biriktiruvchi to‘qimalar rivojlanishi hisobiga unda nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Ularni tuzatish ancha vaqtni talab qiladi.
Aytganimdek, virusdan tuzalib va uni yana qayta yuqtirish holati hali kuzatilmagan», dedi agentlik direktori.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning asosiy to‘rtta belgisi quyidagilardir:
– Isitma
– Yo‘tal, aniqrog‘i quruq yo‘tal
– Nafas olishning qiyinlashishi. Bu – aynan koronavirusga xos.
– Xorijga chiqib kelganlik yoki xorijda bo‘lib qaytgan odamlar bilan aloqada bo‘lganlik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar