23:33 / 22.03.2020
3 219

Toshkent shahriga jamoat transportlari orqali kirish va chiqishni vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda

Toshkent shahriga jamoat transportlari orqali kirish va chiqishni vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda
Foto: Transport vazirligi
24 martdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda

Toshkent shahriga jamoat transportlari orqali kirish va chiqishni vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Transport vazirligi tomonidan 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.

Bildirilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahriga jamoat transportlari orqali kirish va chiqishni vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda