
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir nafar fuqaroda aniqlangan.
O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.
Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar