20:02 / 29.03.2020
3 215

Xitoy mudofaa kompaniyalari O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi

Xitoy mudofaa kompaniyalari O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi
Xitoyning «Norinko», «Viek Tochmash», «Xaytera», «Poli Texnolodji» va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.

Ular bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlardan iborat.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur insonparvarlik yordami bugun, 29 mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida O‘zbekistonga olib kelingan.

Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
va Mudofaa vazirligi ma’sul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi.

Bu tibbiyot buyumlari ertaga, 30 mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

Bundan avvalroq ham Xitoydan 4 tonnaga yaqin tibbiy buyumlar olib kelingani xabar qilingandi.
Shuningdek, yaqinda xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi Osiyodagi 7ta mamlakatga, jumladan, O‘zbekistonga ham insonparvarlik yordami yuborishini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni ham 12 fevral va 3 mart kunlari Xitoyga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoy mudofaa kompaniyalari O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi