Odamlarga koronavirus tarqalishining ko‘lami va bu bilan bog‘liq xavflar haqida to‘laqonli ma’lumot berish, shuningdek, ommaviy izolyatsiya qilish epidemiyaning oldini olishga yordam beradi, dedi rossiyalik epidemiolog-shifokor Mixail Favorov.
Uning ta’kidlashicha, Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasiga qarshi qattiq choralar ko‘rildi va vaqt o‘tishi bilan infeksiya yuqtirish soni kamayib bordi.
«11 millionlik aholisi bo‘lgan shahar ko‘chalarida «hayot to‘xtadi». Shaharni karantinga yopishdi va to‘liq nazorat o‘rnatildi, favqulodda choralar ko‘rildi. Bu tartibni buzganlar qattiq javobgarlikka tortila boshlandi va buning uchun ikki-uch yil emas, balki o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilish holati kuzatildi», – dedi epidemiolog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishini oldini olish uchun odamlar uyda qolishlari kerak.
«Bunday xavfli kasalliklarga befarqlik izsiz qolmaydi. Italiyani misol qilaylik. Mamlakat ko‘plab qurbonlar bermoqda. COVID-19 voqeasi u yerda milliy fojiaga aylandi. Aholining o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilishi natijasidagina epidemiyani vaksina ishlab chiqilishiga qadar to‘xtatish mumkin», dedi shifokor.
Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kasallanganlar soni 710 mingdan ziyodni, vafot etganlar 33 ming nafardan ortiqni tashkil qilmoqda.
Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda, infeksiyadan vafot etganlar soni bo‘yicha mamlakat Italiya (10779), Ispaniya (6606), Xitoy (3304), Eron (2640) va Fransiyadan (2606) oldinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi