10:50 / 31.03.2020
3 051

Dilnoza Kubayeva koronavirus haqida: «Bu bir sinov. Undan qay darajada o‘tishimiz o‘zimizga bog‘liq»

Dilnoza Kubayeva koronavirus haqida: «Bu bir sinov. Undan qay darajada o‘tishimiz o‘zimizga bog‘liq»
Foto: Protoday
Kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda karantinni qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi.

«Karantin vaqtida albatta, oila a’zolarim va yaqinlarim davrasidaman. Deyarli ko‘chaga chiqmayapman. Bilasiz, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalarim yo‘q, internetda ham faol emasman. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatlardan ko‘proq televideniye orqali boxabar bo‘lyapman.

Vaqtinchalik karantin bahona anchadan beri bajarishga fursat topolmayotgan ishlarimni ham uddalashga intilmoqdaman. Har bir kunimni o‘g‘lim bilan mazmunli o‘tkazishga, unga nimalarnidir o‘rgatishga harakat qilyapman. Bundan tashqari, qaddi-qomatim va yuz parvarishimga ham alohida ahamiyat qaratyapman. Tanaffusdan keyin ekranlarda gul-gul ochilib chiqishimiz kerak baribir (kuladi). Uyimizdagi mo‘’jaz sport zalida shug‘ullanib, tabiiy niqoblardan ko‘proq foydalanyapman.

Mutolaaga ham vaqt ajratib, bilimlarimni yanada boyityapman. Shu kunlarda ikki tomdan iborat Islom tarixi kitobini o‘qish arafasidaman. Yaratgan egam ham sabr qilguvchilar bilan birga ekan va sabrlilarni sevarkan. Hukumatimizning koronavirusga qarshi kurash va uni oldini olish bo‘yicha imzolayotgan qonunlari va talablarini hurmat qilishimiz zarur. Bu bir sinov. Imtihondan qay darajada o‘tishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq», — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dilnoza Kubayeva koronavirus haqida: «Bu bir sinov. Undan qay darajada o‘tishimiz o‘zimizga bog‘liq»