date
views 3 105

Toshkentda bir kechada 170ga yaqin stikersiz harakatlangan avtomobil aniqlandi

Toshkentda bir kechada 170ga yaqin stikersiz harakatlangan avtomobil aniqlandi
Karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan transport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi respublikaning barcha shaharlarida taqiqlandi. Biroq, shaharlarda avtomobillar harakati kamayishi ko‘zga tashlanmayapti. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya hamda Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorlikdagi maxsus reydni davom ettirmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda shahar hududi bo‘ylab kunduzgi va kechki ish vaqti uchun 100ta lokatsiya belgilangan bo‘lib, ularda uzluksiz ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2020 yil 31 mart 20-00 dan 1 aprel 7-00 Toshkent ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanayotgan 168 ta avtomobil aniqlangan. Huquqbuzarlarga nisbatan MJKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu moddaga muvofiq, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20-30 baravari, mansabdor shaxslarga 30-50 baravari miqdorida jarima qo‘llanilishi belgilangan.

Umuman, joriy yil 29-31 mart kunlari Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 1912ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilgani aniqlangan. Ulardan 766tasi aynan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, qoidabuzarlarga tegishli 545ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kunidan Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida shaxsiy transport vositasida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir kechada 170ga yaqin stikersiz harakatlangan avtomobil aniqlandi