
Kadr: «O‘zbekiston 24»
Toshkentda 1 aprel kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan koronavirusga chalingan to‘rt nafar bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan edi. «O‘zbekiston 24» telekanali ularning ayrimlaridan qisqa intervyu oldi.
«Biz haqimizda qayg‘urgan davlatimiz rahbariga katta rahmat. Birinchi galda hammamizga uzoq umr tilayman. Bevaqt o‘limlardan, bedavo dardlardan hammamizni Xudoning o‘zi saqlasin», — dedi koronavirusdan sog‘aygan bemorlardan biri «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida.
«Hammasi joyida, klinikada yaxshi qarashdi. O‘z vaqtida muolajalar qilib, oyoqqa turg‘azishdi. Shifokorlarga, ichkarida qolib mana shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat. Minnatdorman», — deya qo‘shimcha qildi.
ToshkentKoronavirusVirusologiyaSog‘ayishTibbiyot MarkaziIntervyu O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar