Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada 1 bemorga javob berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay sog‘aygani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqishgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.
Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari joriy yil 13 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18 mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan mamlakatiga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lishgan.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 25 nafarga yetdi.
«Ushbu quvonchli voqea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimiga tushmasdan, o‘z qasamyodlariga sodiq holda pandemiya bilan kurashishdek katta mas’uliyatni zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi