Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantindan chiqarilishi tartibi haqida ma’lumot berdi.
«Uy sharoitidagi karantinga olingan shaxsda kasallik alomatlari aniqlanmaganda, izolyatsiya 14 kundan so‘ng yakuniga yetadi. Buning uchun o‘z uyida izolyatsiyaga olingan shaxsdan karantin muddatining 10-kunida qon namunasi olinadi; laboratoriya tahlillari natijasida bemorning qonida yuqmagani tasdiqlansa, belgilangan muddatda karantin yakuniga yetadi.
Laboratoriya tahlili natijalariga asoslanib, fuqaroning yashash joyidagi ambulator-poliklinika muassasasi tomonidan uning karantindan olingani haqida ma’lumotnoma beriladi», dedi Nurmat Otabekov 3 aprel kungi brifingda.
U, shuningdek, koronavirusga chalinganlarning kasallikdan tuzalgani qanday aniqlanishi, sog‘ayib ketgan odamlarning tanasida virus saqlanib qolish-qolmasligi bo‘yicha ham ma’lumot berdi.
«Ketma-ket ikki kun davomida kasallikning hech qanday simptomlari kuzatilmagan hamda COVID-19 uchun topshirilgan tahlillarda koronavirus aniqlanmagan bemorlar sog‘aygan hisoblanadi.
Xitoy tadqiqotchilarining aniqlashicha, koronavirus alomatlari yo‘qolgandan keyin kamida ikki hafta davomida ba’zi odamlarning tanasida virus qolishi mumkin ekan», deydi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi