
Joriy yilning 21 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga, Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Nukus shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 8 mlrd. 617,6 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan va keyinchalik undiruvni jamiyatning bankdagi hisob-raqamlariga qaratish to‘g‘risidagi qarori kredit tashkilotlariga yuborilgan.
Qisqa muddat ichida, olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor tashkilotdan soliq inspeksiyasi foydasiga 8 mlrd. 617 mln. 586 ming so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirilgan va ijro ishi tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar