Tarixdan ma’lumki har bir davlatning xavfsizligini ta’minlashda maxsus xizmatlarning o‘rni va roli hamisha beqiyos bo‘lgan.
Xususan, davlat sarhadlarini qo‘riqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini ta’minlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustivor vazifasi hisoblangan.
Bugun dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda O‘zbekiston Respublikasini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishda, xalqaro munosabatlarda uning milliy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.
Xususan, 2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olindi. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, 625 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi. 500 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Davlatimiz sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 97,7 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “Mehr 1” va “Mehr 2” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan 220 nafar ayollar va bolalarni mamlakatimizga olib kelishda DXX xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, yot g‘oyalar ta’sirida Afg‘onistonda qiyin holatga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarimiz ham o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarildi.
Ishonch bilan aytamizki, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining oliy maqsadi jonajon O‘zbekistonimizning gullab-yashnashi va xalqimizning tinch-totuv, farovon hayot kechirishini ta’minlashdir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)