Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan yana besh nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butkul sog‘aydi.
Tuzalganlarning navbatdagi guruhi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
«Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi. Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, yurtimizning boshqa hududlarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam.
Davlatimiz rahbari so‘nggi kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator videoselektor yig‘ilishlarida, uch marta xalqimizga yo‘llagan murojaatlarida ham shifokorlarimiz mehnatiga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, ushbu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatayotgan jonkuyar va olijanob shifokorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdilar. Bu e’tirof tibbiyot xodimlarining kuchiga kuch qo‘shishi, epidemiya balosini aritishda yanada fidoyilik bilan mehnat qilishlariga turtki bo‘lishi shubhasiz», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"