23:15 / 05.04.2020
2 341

Andijonda soxta stiker bilan yurgan 21 yoshli haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Andijonda soxta stiker bilan yurgan 21 yoshli haydovchiga jinoyat ishi ochildi
IIV YHXBB Axborot xizmati
2 aprel kuni soat 16:40larda Andijon viloyati IIB YHXB inspektori E.Yuldashev Andijon shahar Mashrab ko‘chasi Lermontov chorrahasida haydovchi S.D. (1999 y.t.) boshqaruvida bo‘lgan «Spark» avtomobilini to‘xtatib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarini so‘ragan.

IIV YHXBB Axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, haydovchi S.D. «Karantin Sovid-19» yozuvli 01/0000916 raqamli maxsus ruxsatnomani ko‘rsatib, Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilganini aytgan.

Surishtiruv ishlariga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma qalbakilashtirilib tayyorlangani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddaga asosan, u BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda soxta stiker bilan yurgan 21 yoshli haydovchiga jinoyat ishi ochildi