
2020 yil 4 aprel kuni soat 20:30 lar chamasida O‘zbekiston tumanida yashovchi 4 nafar og‘aynilar jamiyatda yurish turish qoidalarini buzib, spirtli ichimlikdan mast bo‘lib, huquqbuzarlik sodir qiladi.
Ish holatlariga ko‘ra, fuqaro G‘.Islomov (o‘zgartirilgan) 3 nafar o‘rtoqlarini uyiga taklif qiladi. Ular G‘.Islomovning uyida karantin vaqtida kayfu-safo qilishadi. Faqat shu bilan bo‘lsa mayli, og‘aynilar faqat bu bilan cheklanmaydi. Ular kayfi oshib qolgach qo‘shnilarni tinchligini buzishni boshlaydi. Qo‘ni qo‘shnilar esa mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga murojaat qiladi. Mahalla fuqarolar yig‘ini esa kayf holatdagi og‘aynilarga tushuntirish ishlari olib boradi, biroq ushbu tushuntirish ishlari samarasiz edi.
O‘rtaga uchastka inspektori aralashadi, biroq karantin davrida spirtli ichimlikdan mast o‘rtoqlar "uchastkovoy"ga ham gap bermasdan uning ham qonuniy talabini bajarmay mahallani tinchligini buzadi.
Oxir-oqibat ish sudga oshadi. Ushbu ma’muriy ish 2020 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzarlarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi
U.Axmedov
O‘zbekiston tuman ma’muriy sudining raisi
A.Raximov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! U.Axmedov
O‘zbekiston tuman ma’muriy sudining raisi
A.Raximov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar