Illustrativ foto
Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 51 nafar fuqarodan 48 nafari 12 mart kuni Turkiya orqali umra safaridan kelgan 51 yoshli ayol bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo‘lgan fuqarolardir, deyiladi Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oshirib kelgan ayolning oila a’zolarida koronavirus alomatlari aniqlangandi. O‘sha ayolning onasi esa vafot etgandi.
Umra safaridan 12 mart kuni qaytib kelgan ayol uyida uni yo‘qlab kelgan 231 nafar kishi bilan muloqotda bo‘lgan. Dastlab, o‘sha oilaning besh nafar a’zosi, shu jumladan, ayolning o‘zi ham, koronavirusga chalingan. Boshqa qarindoshlar ham karantinga olingan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayol bilan bevosita va bilvosita muloqotda 48 kishida infeksiya aniqlangan.
«Bu holatda eng achinarlisi, qarindoshlarning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmadi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi», – degandi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi