date
views 6 994

O‘zbekistonda koronavirus nega tez tarqalmoqda?

O‘zbekistonda koronavirus nega tez tarqalmoqda?
Ayni damdagi statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 729 nafarga yetdi.
Sezdingiz, bildingiz, oxirgi kunlarda bu raqam sezilarli darajada ko‘paymoqda. Nega? Sababi bitta? Biz karantinga rioya qilmayapmiz.

Har kuni saytimizga O‘zbekistonning turli hududlaridan karantinga rioya qilinmayotgani aks etgan suratlar keladi, videolar keladi. Ular orasida vodiydan tortib vohagacha bor. Tan olish kerak, odamlarimiz negadir karantinga jiddiy qarashayotgani yo‘q.

Koronavirus — yuqumli, juda tez yuqadigan xastalik. Eng yomoni, ushbu virus tarqalib bo‘ldi. Bugun yon-atrofda har kim virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Birgina poytaxtdagi 6-tug‘ruq kompleksini olaylik. Kim bilgandi o‘sha yerga borgan mijoz virus yuqtirganini? Xuddi shunday bugun istalgan hududda koronavirus yuqtirgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bu nima degani? Bu "Virus menga yuqmaydi, hamma shubhalanuvchilar karantinda saqlanyapti-ku", deya xotirjamlikka beriladigan vaqt o‘tdi degani. Bu bugun har kim o‘zini himoya qilishi, bu bilan virus tarqalishining oldini olishi kerak degani.

Ko‘cha gavjum, bozor gavjum, boshqa joylarda ham odamlar bor. Eng achinarlisi, shunchaki sayr qilib yurganlar ham topiladi. Agar karantinga rioya qilmasak, bugun bizni to‘rt devor orasiga qamab qo‘ygan bu kasallikning umri uzoq bo‘ladi. 729 raqami esa yanada kattalashib ketishi mumkin.

Shuning uchun, karantinga rioya qiling, o‘zingizni asrang, uyda qoling.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus nega tez tarqalmoqda?