19:27 / 11.04.2020
2 980

Bojxonachilar narkokurerlarni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar narkokurerlarni qo‘lga olishdi
Giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Urganch tumanida fuqaro X.Sh 2 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisidagi 2,88 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini yashirincha shartli xaridorga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir holatda Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro F.M. shartli xaridorga 1 gramm opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar narkokurerlarni qo‘lga olishdi