00:26 / 15.04.2020
6 146

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 sutka olishga nomzod bo‘lgan yana bir “oypari”ning videosi tarqaldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 sutka olishga nomzod bo‘lgan yana bir “oypari”ning videosi tarqaldi (Video)
Xabaringiz bor, avvalroq karantin paytida Toshkent-Sitini sayr qilib, "...Koronavirus tarqalgani bir tomondan yaxshi, ko‘chalarda odam yo‘q! Mazza qilib sayr qilish mumkin. Meni hech kim olib qochib ketmaydi..." deya o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan qiz haqida videoni xavola qilgan edik.

Shundan so‘ng qoidabuzar qiz videomurojaat bilan chiqib, ushbu qilgan ishi uchun hech kimdan uzr so‘ramasligini, video ancha oldin olinganini va bunga isboti ham borligini aytdi.

Biroq, vaziyat qizaloq o‘ylagandek yengil bo‘lib chiqmadi. Qizning shaxsiga aniqlik kiritildi. U Qibray tumanida yashovchi Mahliyo Bozorova ekani ma’lum bo‘ldi.
Karantin vaqtida "Tashkent Citi"da niqobsiz sayr qilgan "oypari" hammadan qilgan ishi uchun uzr so‘radi va jazo sifatida eng kam ish haqqining 5 baravarigacha jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda 15 sutkalik qamoq jazosi olishga nomzod bo‘lgan yana bir “oypari”ning videosi tarqaldi. U ham karantin paytida sayr qilib yurganini namoyish qilgan. Nima ham derdik, shuncha tushuntirish ishlariga qaramay, o‘zining, yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan bu qiz ham ertaga uzr so‘rab chiqsa kerak...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarda 15 sutka olishga nomzod bo‘lgan yana bir “oypari”ning videosi tarqaldi (Video)