
Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 06.04.2020 yildagi qarzdorlar “Maxsus savdo invest” MCHJ va “Sunnatbek Shamshodbek” fermer xo‘jaligi hisobidan undiruvchi AT Xalq banki foydasiga jami 285.9 mln. so‘m kredit qarzdorligi solidar tartibda undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Paxtakor tuman bo‘lim ish yurituviga 06.04.2020 yilda kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlarning mol-mulklarini aniqlashtirish maqsadida vakolatli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Sunnatbek Shamshodbek” fermer xo‘jaligiga tegishli “ARION-630” rusumli traktor mavjudligi aniqlangan hamda davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda qarzdorlik evaziga xatlangan.
Shundan so‘ng, qarzdorlar tomonidan mazkur traktor sotilishini istamagan holda darhol ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik to‘liq qoplab berilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar