date
views 2 800

Karantin davrida MIB ham chetda qarab turgani yo‘q

Karantin davrida MIB ham chetda qarab turgani yo‘q
“Biz siz uchun ishdamiz, siz esa uyda qoling.” Bugun barcha korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari aynan mazkur shior ostida mehnat qilib, aholining mushkulini oson qilishga bel bog‘laganlar. Koronovirus infeksiyasi bugun butun dunyoga tarqalib, insoniyatga katta xavf solayotganiga barchamiz guvohmiz.

Huddi shu sinovli kunlarda har kim o‘z salomatligini o‘zi asrashi shart. Bugun vaziyat taqozosi tufayli fuqarolarning asosiy qismi o‘z uyida qolmoqda. Bunday vaziyatda Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi, tuman(shahar) bo‘limlari ham chetda qarab turgani yo‘q.

MIBning 70 foizdan ziyod xodimlari o‘z hoxishlari bilan ta’tilga chiqarilgan bo‘lsalarda, ular buni to‘g‘ri tushunib, masofadan kommunal to‘lovlarni undirish bilan birga kam ta’minlangan iste’molchilarga to‘lov qilishda jonbozlik ko‘rsatayotgan iste’molchiga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob, qo‘lqop hamda tibbiy vositalar (antitseptik) berish bilan ularni rag‘batlantirishmoqda.

Shuningdek, olis hududlarda ayrim hollarda internet tarmog‘i yaxshi ishlamasligi sababli byuro tomonidan aholi vakillari, xususan pensionerlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma kassalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi odamlarning og‘irini yengil qilmoqda.

Buning natijasida, undiruvlar samaradorligi bir muncha oshib, bitta davlat inspektorining kunlik undiruvi 4-5 mln. so‘mga yetmoqda.
Bugungi murakkab davrda hech kimga oson tutib bo‘lmaydi. Shunday ekan, yuqorida qayd etilgan imkoniyatlar aholining olisini yaqin, mushkulini oson qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin davrida MIB ham chetda qarab turgani yo‘q