2 702
Maktab darsliklarini Toshkentda qoldirib, viloyatlarga ketgan o‘quvchilarni baholash qanday amalga oshiriladi?
Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov 16 aprel, payshanba kuni, AOKAda o‘tkazilgan brifingda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va fuqarolardan kelib tushayotgan savollarning ayrimlariga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Vazirlik rasmiysining ta’kidlashicha, maktab darsliklarini poytaxtda qoldirib, viloyatga ketgan o‘quvchilar «uzedu.uz» saytidan elektron darsliklarni ko‘chirib olishi hamda teledarslarni kuzatib, onlayn dars mashg‘ulotlarida qatnashishi lozim.
«Har qanday vaziyatda farzandlarimiz ta’lim olishi kerak. Joriy yilning 30 martidan boshlab umumta’lim maktablarida to‘rtinchi chorak boshlandi. O‘quvchilarning masofaviy ta’lim doirasida olgan bilimlari baholanib borilishi zarur.
Ayrim o‘quvchilar viloyatlarga ketgan va ularning darsliklari Toshkentda qolgan bo‘lsa, bunday holda ular elektron darsliklarni «uzedu.uz» saytidan ko‘chirib olishi tavsiya etiladi. O‘quvchilarni baholash ishlari esa Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, ta’lim muassasalarida karantin davrida masofadan ishlashga o‘tgan tizim xodimlarining faoliyati bo‘yicha tavsiya asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Shu o‘rinda bolalarning videodarslarni kuzatib borishi, uy vazifalarini tayyorlashiga ota-onalarining mas’ul ekanligini yana bir bor eslatib o‘tamiz», — dedi Ermatov.
Doniyor Ermatovning qo‘shimcha qilishicha, o‘quvchilarga ijraga berilgan darsliklar O‘zbekistonda karantin davri yakunlanganidan so‘ng maktab kutubxonlariga qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi