06:46 / 19.04.2020
2 706

Pandemiya sharoitida ayrim mahkumlarni afv etish taklifi bildirildi

Pandemiya sharoitida ayrim mahkumlarni afv etish taklifi bildirildi
Huquqshunos Nuriddin Murodov pandemiya sharoitida ayrim toifa mahkumlarni afv etish yuzasidan taklif bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga muvofiq, Prezident amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi.

Mahkumlarni avf etish «O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga ko‘ra amalga oshiriladi.
Biroq, ushbu nizomda pandemiya yoki epidemiya xavfi sharoitida afv etish masalasi tartibga solinmagan.

Lekin, pandemiya yoki epidemiya xavfi ostida mahkumlarni afv etish jahon amaliyoti mavjud.
Pandemiya boshqa xalqlar qatori xalqimizni ham sinovdan o‘tkazayotgan damlarda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan tezkor chora-tadbirlar barcha sohalarni talofatsiz faoliyat yuritishi hamda xalqimizning sarosima va tushkunlikka tushmasligiga asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Lekin, pandemiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari Jahon iqtisodida ko‘zatilayotgani kabi, respublikamiz iqtisodiyoti va kundalik hayot tarziga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Pandemiya qarshi karantin cheklovlari hamda karantindan keyingi bir qancha muddat iqtisodiyotimiz, oziq-ovqat xavfsizligimizga bo‘lgan eng kam ta’sir ham ko‘plab oilalarning ijtimoiy ahvoliga o‘z-o‘zidan ta’sir o‘tkazish ehtimoli bor.

Ayniqsa, bu jarayon, bugun ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolayotgan «jazoni ijro etish muassasalari va mahkumlar»ga nisbatan insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishni ham taqazo etmoqda.

Karantin jarayonida oila boquvchisi bo‘lgani holda jazoni ijro etayotgan mahkumlar va ularning oilasini, shuningdek, o‘z oilasidan uzoqda jazoni ijro etayotgan mahkumlar hamda ular oila a’zolarini ijtimoiy inqirozli holatlarga olib kelishi mumkin.
Cheklovlar davrida oilasi bilan aloqalari uzilgan, uchrashuvlar ta’qiqlangan bir sharoitda mahkumlarning ahvolini tasvirlash qiyin.

Bugungi karantin sharoiti va uning oqibatlari mahkumlarning juda ko‘pchiligini ming pushaymonga solayotganligi, ular o‘z oilasidan odatiy hayot tarzidagidan ko‘ra, ming karra ortiq xavotirga tushayotganini fikrdan o‘tkazishning o‘ziyoq ko‘p narsani izohsiz anglatadi.

Shu asosda, ular oilalarining jamiyatda to‘laqonli o‘rnini saqlab qolish, shu oilalar ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda bugun qattiq karantin rejimida ishlayotgan, JIEMlarida pandemiyaga qarshi ehtimoliy choralarni amalga oshirish maqsadida, ayrim toifa mahkumlarni afv etish taklifini bildiraman.

Bunda avvalo, qonun hujjatlariga muvofiq, karantin sharoitida muayyan mahkumning o‘z oilasidagi boquvchilik roli, mahkumning shaxsi, sog‘ligi, oilasining ijtimoiy ahvoli, oilasiga boquvchi ekanligi, sodir etgan jinoyatini og‘irlik darajasi, jazoning ma’lum qismini o‘taganligi, jazoni ijro etish joyidan tavsiyasini o‘rganish kabi masalalar ham bor.

Albatta, ushbu mahkumlarning oilaviy ahvoli Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda IIV vazirligining quyi tizimlarining taklif-xulosasi asosida tezlikda aniqlanishi mumkin.

Yana bir gap, muhtaram yurtboshimizning xalqimizga xos insonparvarlik qadriyatlarini namoyon etib, tizimli ravishda mahkumlarni kechirishi ularning oila a’zolariga, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari hamda amalda yuzlab sog‘lom oilalar jamiyatga qaytayotganligi ham ushbu taklifni bildirishimga yana bir asos bo‘ldi.

Aytmoqchimanki, bungungi vaziyat insonga beriladigan umrni naqadar qadri va qimmati baland ekanligini, insonning o‘z aybini anglab yitishi uchun unga berilgan fursat ham shu qadar oz ekanligini isbotlab berdi, - deb yozadi huquqshunos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiya sharoitida ayrim mahkumlarni afv etish taklifi bildirildi