3 103
Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi
«Daryo» nashrining xabar berishicha, AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin sababli mahkumlarning ozodlikka chiqarish muddati kechiktirilmasligini bildirdi.
Jumladan, fuqarolar tomonidan mahbuslarning jazoni o‘tash muddati tugagan bo‘lsa, karantin sababli ozodlikka chiqarish kechiktirilishi, jazo vaqtida mahbus ichki tartib intizomni buzsa yoki qandaydir nizo keltirib chiqarsa, muddati uzaytirilishi xususidagi savolga javob berib o‘tildi.
«Ular mahbus emas, mahkum deyiladi. Ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi. Sudning qarori asosida, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlari bilan ta’minlangach, unga ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi», — deydi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi.
Shundan so‘ng, mahkumlar doimiy yashash manziliga yetib borishi uchun zaruriy pul mablag‘i bilan ta’minlanishi, karantin davrida, vaziyatdan kelib chiqib, ozod etilgan shaxs yashash hududiga kuzatib qo‘yilishi mumkinligi bildirildi. Ushbu shaxsning yashash joyi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi probatsiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar berilishi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20 aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytirilgan.
O‘zbekistonda 24 martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi. Keyinchalik bu tartib bir necha bor yanada kuchaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida