date
views 2 322

Bosh prokuratura kartoshka va un mahsulotini aholiga arzon va kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi

Bosh prokuratura kartoshka va un mahsulotini aholiga arzon va kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi
19 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda aholiga kartoshka va un mahsulotlarini manzilli ravishda yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar berildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov ma’lumotiga asosan, Respublika bo‘yicha kartoshkaga bo‘lgan talabning keskin oshganligini hisobga olib, import qilingan kartoshkaning «birinchi qo‘l» tamoyili asosida markazlashgan tarzda, manzilli ravishda yetkazib berish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Uning asosida olib kelingan import kartoshka respublika dehqon bozorlari hamda savdo nuqtalariga qat’iy ravishda departament xodimlari nazorati ostida yetkazib berilib narxi nazoratga olingani aytildi.

Jumladan, karantin davri davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 24 780,4 tonna, Toshkent shahar dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari hamda sayyor savdo shoxobchalariga 5 500 tonna kartoshka yetkazilgani bildirildi.

So‘nggi kunlarda dolzarb bo‘lib turgan yana bir masala — un mahsulotlarini aholiga tizimli va hamyonbop narxda yetkazib berishda 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus bayoni qabul qilingan.

«Davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini birja savdolarisiz arzon narxda iste’molchilarga kafolatli yetkazib berilishi yuzasidan topshiriq oldik va ijrosiga kirishdik»,— deydi Farhod Ochilov.

Departament organlari tomonidan un mahsulotlarini don korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qiluvchilar ro‘yxatiga amalda ishlamayotgan savdo nuqtalari, makaron ishlab chiqaruvchilar, novvoyxonalar hamda birjada narxlarni manipulyatsiya qilgan sub’ektlarning kiritilmaslik, shuningdek, asossiz qimmat narxlarda sotish, ajiotaj talabni vujudga keltirishga qarshi qaratilgan barcha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura kartoshka va un mahsulotini aholiga arzon va kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi