
Koronavirus inson immun tizimining T-limfotsitlariga zarar yetkazib, OIV kabi organizmni infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyatidan mahrum etadi.
Bunday xulosaga Xitoyning Fudan universiteti va Nyu-York qon markazi olimlari virusning T-limfotsitlarga ta’sirini o‘rganish vaqtida kelishgan. Tadqiqot haqidagi maqola Cellular & Molecular Immunology nashrida chop etilgan.
T-limfotsitlar organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yot moddalar tashuvchi hujayralar – antigenlarni tanish va yo‘q qilishni ta’minlaydi.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, koronavirus va T-limfotsit aloqaga kirishganda, T-limfotsit xavfni bartaraf etmay, aksincha o‘zi virus qurboniga aylanadi. Virus o‘z tikanlari bilan limfotsitning hujayra membranasiga yopishadi va shundan keyin virus genlari T-hujayraga kirib, uni organizmni himoyalash imkoniyatidan mahrum qiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2002 yildagi SARS va 2012 yildagi MERS kabi avvalgi koronaviruslar organizmning himoyalovchi hujayralarini zararsizlantira olmagan.
Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu ma’lumot yangi koronavirusdan kasallanishlar hamda 65 yoshdan kattalar va o‘pka, yurak, qon bosimi va qand kasalliklariga ega odamlar orasida o‘limlar soni yuqoriligi sababini tushuntiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar