date
views 2 021

Karantinda ham tadbirkorning manfaati himoya qilindi

Karantinda ham tadbirkorning manfaati himoya qilindi
E’lon qilingan karantin davrida yuzaga kelayotgan cheklovlar sabab, tadbirkorlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “bugun yo‘qotilgan vaqt va imkoniyatlarni ertaga tiklab bo‘lmadi” deganidek, karantin va mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan tadbirkorlik sub’ektlarining manfaati byuro tomonidan himoya qilinmoqda.

Xususan, joriy yilning 21 aprel kuni byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituvidagi Karmana tuman iqtisodiy sudining 13.04.2020 yildagi ijro hujjati asosan “Navoiyazot” AJdan jami 703 mln. 988 ming so‘mga yaqin pul mablag‘i tibbiy niqoblarni ishlab chiqaruvchi tadbirkor “Nev trust world” MCHJ foydasiga undirib berildi.

Shuningdek, ushbu sudning 06.04.2020 yildagi qaroriga ko‘ra qarzdor “Navoiy kon metallurgiya kombinati” DKdan “Polipropilen quvurlari” MCHJ foydasiga ham 115 mln. 343 ming so‘m mablag‘ undirildi.
Bugungi kunda sud qarorlarini o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda ham tadbirkorning manfaati himoya qilindi