date
views 1 591

MIB: Chirchiqda homiy tashkilotlar 30 mln. so‘mga yaqin qarzdorlikni qoplab berdi

MIB: Chirchiqda homiy tashkilotlar 30 mln. so‘mga yaqin qarzdorlikni qoplab berdi
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan shu kunlarda nafaqat iste’mol qilingan energiya resurslari bo‘yicha to‘lovlar, balki sudning hal qiluv qarori asosida qarz undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ham homiy tashkilotlar ko‘magi bilan ijrosi ta’minlanmoqda.

Jumladan, Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvidagi qoldiqdagi 100 ming so‘mgacha bo‘lgan, davlat foydasiga 29 633 ming so‘mlik 427 ta ijro hujjatlarining ijrosi homiy tashkilotlar (Maksam Chirchiq AJ 20 000 000 so‘m, O‘zbekkimyomash AJ 3 000 000 so‘m, Chirchiq shahar Issiqlik Energiyasi ICHK 2 230 000 so‘m va Chirchiq metal tuzilmalar zavodi OAJ 4 403 000 so‘m) yordamida tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Chirchiqda homiy tashkilotlar 30 mln. so‘mga yaqin qarzdorlikni qoplab berdi