
Foto: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 22 aprel kuni soat taxminan 12:30 da Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB).
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent—Termiz yo‘lining 823-kilometrida Isuzu yuk mashinasining chap tomon old shinasi yorilib ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va mashina ag‘darilib ketgan.

Foto: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Foto: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
«Natijada yuk mashina yo‘lovchisi 1973 yilda tug‘ilgan B.G‘. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan», — deyiladi IIV YHXBB axborotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar