Toshkentda «Damas» va «Mercedes-Benz Ye 350» ishtirokida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan ma’lumot berildi.
Joriy yilning 25 aprel kuni soat 16:00lar atrofida Toshkent shahar, Uchtepa tumani, KXAY va Foziltepa ko‘chalari kesishmasida haydovchi 1966 y.t. A.M. boshqaruvidagi «Bolalar ko‘p tarmoqli diagnostika maslahat poliklinikasi»ga tegishli Damas» rusumli transport vositasi hamda haydovchi 1993 y.t. B.U. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz Ye 350» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi A.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Ushbu to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin